Uxandan kelgan bugungi charter reysda 84 nafar yo‘lovchi bor

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining samolyoti Uxandan yo‘lovchilar bilan bugun mahalliy vaqt 11:45 da Toshkent aeroportiga yetib keldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Samolyotda 84 nafar yo‘lovchilar, ekipaj a’zolari, shuningdek tibbiyot xodimlari va zamonaviy himoya vositalari bilan virusologiya sohasi mutaxassislari bor.
Oldin xabar qilinganidek, kelganidan keyin yo‘lovchilar vaqtincha yashash markaziga yuboriladi.
Yo‘lovchilarning vaqtincha turar joy markazida bo‘lishiga oid savol uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya farovonligi agentligining bosh ofisiga quyidagi telefon orqali murojaat qiling:+998 (71) 276-49-66