Uxlab qolgan haydovchi yo‘lovchining o‘limiga sababchi bo‘ldi
IIB YHXB xodimlari tomonidan muntazam ravishda ogohlantirish va profilaktik tadbirlar olib borilishiga qaramay, 1963 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan fuqaro Z.B. Navoiy viloyati Nurota tumani hududidan o‘tgan 4R-55 avtomobil yo‘lining 94 kilometrida “Damas” rusumli 30 R 102 LA davlat raqam belgili o‘ziga tegishli avtomashinani boshqarib borayotganda, uxlab qolishi oqibatida yo‘l chetiga chiqib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi.
Natijada avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, 1975 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan R.N. og‘ir tan jarohati olib, hayotdan bevaqt ko‘z yumdi.
Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.