Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga davlat subsidiyasini olish bo‘yicha xizmat ko‘rsatiladi

✍️ 🏦 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan davlat byudjetidan shahar va qishloq joylarida qurilgan ko‘p qavatli uylardan birlamchi bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida 2021 yilda yangi tartibda ipoteka kreditlarini ajratishning maqsadli parametrlari tasdiqlandi.

👉 Belgilangan parametrlarga muvofiq, “Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmati (https://my.gov.uz/uz/service/325) hamda viloyatdagi barcha davlat xizmatlari markazlari orqali arizalar qabul qilinmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi
Samarqand viloyat boshqarmasi
axborot xizmati.