Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibiga o‘zgarish kiritildi
- 18.10.2022 17:23
- 1132
- Qonun va hujjatlar
«Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2022 yil 1 dekabrdan boshlab subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritiladi:
- yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;
- olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlari.
Bundan tashqari, 2021 yil dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turadigan fuqarolarga Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni sotib olish huquqi beriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa