Uyqusiz 264 soat

Uyqu inson hayotining uchdan bir qismini egallaydi va tananing sog‘lom ishlashi uchun zarurdir. 1963 yilda 17 yoshli kollej o‘quvchilari Bryus MakAllister va Rendi Gardner inson miyasidagi yashirin imkoniyatlarni kashf qilish maqsadida o‘z ustida tajribalar o‘tkazib, odam uzoq vaqt uyqusiz qolganda o‘zini qanday his qilishini tekshirib qo‘rishga qaror qilishdi.

Yosh yigitlar o‘zlarining loyihasi Amerika gazetalari sahifalarini egallab, jahon rekordini o‘rnatish bilan tugashini xayoliga ham keltirmagan edi.

Видео: История о мужчине, который не спал 264 часа, — что с ним случилось

Bundan sal avval Gonoluluda yashovchi odam 260 soat uxlamasdan rekord o‘rnatgan edi. Dastlab talabalar ushbu ko‘rsatkichni yaxshilab, yangi rekord o‘rnatishga qaror qilishdi va tadqiqotga yanada ilmiy urg‘u berish maqsadida uyqusizlik basketbol o‘yini samaradorligiga qanday ta’sir qilishini tekshirishga kelishib olishdi. Tashlangan qur’a Rendining “tajriba ostida” bo‘lishini hal qildi. Bryus esa tajribaning borishi va aniqligini nazorat qilib turishi kerak edi. Dastlab MakAlisterning o‘zi ham ham uxlamasdan hamma narsani qayd etib bordi, lekin uchinchi kuni u uyqusiz to‘liq ishlay olmadi va do‘stlar tadqiqotga uchinchi shaxsni jalb qilish to‘g‘risidagi to‘xtamga qilishdi. Stenford universitetida uyqu muammolarini o‘rganib kelayotgan Uilyam Dement ular bilash “ishlashga” rozi bo‘ldi. Shu paytgacha hech kim uzoq vaqt uyqusiz yurgan odamning yurish turishi, jismoniy va fiziologik jihatdan tanasida qanaqa o‘zgarishlar sodir bo‘lishini bilmagan edi, shuning uchun olim bunday tajribadan xursand  edi.

Видео: История о мужчине, который не спал 264 часа, — что с ним случилось

Bir necha kun uxlamagan Rendi holatini baholash uchun doimiy ravishda uning tovushlar va hidlarni farqlash qobiliyati sinovdan o‘tkazildi. Avvaliga hamma narsa odatdagidek edi, biroq ma’lum bir vaqt o‘tib uning javoblariga chalkashliklar kuzatila boshlandi u hidlarga o‘ta sezuvchan bo‘lib qoldi. Yigitning uxlab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni doimo basketbol yoki bouling o‘ynash bilan chalg‘itish kerak edi. Shu yerda uning o‘yindagi mahorati haqiqatan ham yaxshilanganini ta’kidlash joiz. Eksperiment davom etar ekan, u ommaviy axborot vositalarining e’tiborini jalb qila boshladi.  Ma’lum bir payt tadqiqot prezident Kennedining o‘limi va o‘sha paytdagi mashhur “The Beatles” guruhining konsertlari qatori gazetalarning birinchi sahifasidan joy oldi.

Oxirgi kuni Gardner undan 100 sonidan ketma-ket 7 sonini ayirib borish so‘ralganida, u 65-soniyada to‘xtab qoldi. Nima uchun sanashdan to‘xtaganligi haqidagi savolga u hozir nima qilayotganini unutib qo‘yganini aytdi.

Видео: История о мужчине, который не спал 264 часа, — что с ним случилось

Rendining uxlamaganiga 264 soat bo‘lganida rekord yangilandi va tajriba rasman yopildi. Yigitning miya ishini o‘rganish uchun u harbiy ilmiy gospitalga olib ketildi. Tadqiqotlar Rendining miyasi o‘ziga tushgan og‘irlikni doimiy ravishda miya hududlari o‘rtasida taqsimlab turganini va yigit vaqti-vaqti bilan uyquga sho‘ng‘ib, ma’lum bir vaqt uyg‘oq bo‘lganini ko‘rsatdi. Sinovlar tugagandan so‘ng Rendi uzluksiz 14 soat uxladi va agar hojatxonaga borish kabi tabiiy ehtiyoj bo‘lmaganida, u uzoqroq uxlagan bo‘lardi.

O‘sha kuni Gardner matbuot anjumanida ishtirok etdi, u aniq va ikkilanmasdan gapirdi:

Men agar inson uxlamasa, hech qanday yomon narsa bo‘lmasligini isbotlamoqchi edim. Bu rekordni yangilashim mumkinligiga amin edim va bu unchalik yoqimsiz emas, deb o‘ylayman. Bu – ruhning tana ustidagi g‘alabasi”, dedi u.

Avvaliga 11 kunini uyqusiz o‘tkazgani yigitning sog‘lig‘iga ta’sir qilmagan bo‘lsa, keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Rendi uyqusizlikdan aziyat cheka boshlagan va bir necha yil davomida bu kasallikni yenga olmagan.

Ko‘pchilik ushbu rekordni takrorlashga harakat qilgan, ammo “Ginnesning rekordlar kitobi” sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkinligini hisobga olib, fikridan qaytgan.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.