“UzAuto Motors” avtomobillarini oshgan narxlarda to‘lash haqidagi shartnoma bandi chiqarib tashlandi
“UzAuto Motors” avtomobillarini jismoniy shaxslarga yetkazib berish shartnomasi”ga 2.5- bandi Respublika yo‘l jamg‘armasiga 3 foizlik yig‘im to‘lanishining yangi tartibiga o‘tilishi doirasida, joriy yil sentyabr oyi oxirida qo‘shilganligini ma’lum qiladi.
O‘tish borasidagi barcha masalalar hal qilingan va hozirgi kunda xaridorlar tomonidan 2019 yil 1 oktyabrgacha tuzilgan yangi avtotransport vositalarining oldi-sotdisi (yetkazib berilishi) shartnomasi bo‘yicha hamda ushbu shartnomalar asosida sotib olingan yangi avtotransport vositalari uchun yig‘imni to‘lash tartibi oldingidek qoladi – yig‘im DYHXX organlarida to‘lanadi.
Shu munosabat bilan yangi narxlarda to‘lash haqidagi 2.5- band endi ahamiyatini yo‘qotdi va 1 dekabrdan avtomobil sotib olish borasida tuziladigan barcha shartnomalardan butunlay chiqarib tashlanadi.
Shuni ma’lum qilamizki, 1 oktyabrdan 1 dekabrga qadar 2.5- bandi mavjud shartnomani imzolagan xaridorlar tegishli dilerlik markaziga borib, ushbu bandni istisno qiluvchi qo‘shimcha kelishuv tuzishlari mumkin. Qayd etish o‘rinliki, sotib olinayotgan avtomobil narxi o‘zgarganida (qo‘shimcha kelishuv mavjud yoki yo‘qligidan qat’iy nazar), bu band qo‘llanilmaydi.
“O‘zavtosanoat” AJ Sizga befarq emasligingiz va konstruktiv tanqid uchun minnatdorchilik bildiradi.