UzAuto Motors korxonasida avtomobil ishlab chiqarish qayta yo‘lga qo‘yildi
- 25.09.2019 15:10
- 260
- O‘zbekiston
UzAuto Motors AJ korxonalarida tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq amalga oshirilgan yillik rejali profilaktika ishlari 23 sentyabr kuni yakunlanib, avtomobil ishlab chiqarish qayta yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qiladi.
Profilaktika ishlari doirasida asosiy texnologik va yordamchi uskunalar modernizatsiya qilindi hamda kommunal xo‘jalik va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatildi. Shuningdek, korxonalarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari olib borildi.
UzAuto Motors korxonalarida avtomobil ishlab chiqarish avvalgi tartibda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq 2019 yilning 26 avgustidan boshlab «UzAuto Motors» AJ zavodlarida yillik rejali profilaktika ishlari boshlangani haqida xabar bergan edik.