UzAuto Motors narxlarni oshirishini e’lon qildi

Kompaniya xabariga ko‘ra, 2024 yilning 2-yarmida ishlab chiqariladigan avtomobillar uchun kontraktatsiya ochilishi kutilmoqda. Bunda "Damas", "Labo" va "Cobalt" narxlari 3,5 – 6,7 foiz oraliqda oshiriladi.

Xabarlarga ko‘ra, yangi narxlar quyidagicha bo‘ladi:

Cobalt GS-Style Plus MT: 133 598 000 so‘m;
Cobalt GX-Style Plus AT: 156 589 000 so‘m;
Damas D2 DLX Style Plus: 100 325 000 so‘m;
Gentra Style Plus MT WOUE8: 160 520 000 so‘m;
Gentra L- Style AT Plus: 189 000 000 so‘mga yetgan.