Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Uzbekistan Airports” nufuzli xalqaro tashkilotga rasman a’zo bo‘ldi

“Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati butun jahon aeroportlarini birlashtirgan Airports Council International (ACI) tashkilotiga rasman a’zo bo‘ldi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

A’zolik, avvalo, xizmatlar ishonchliligini kafolatlaydi. Qolaversa, mamlakatda havo transporti tizimini tubdan isloh qilish, soha faoliyatini xalqaro me’yorlarga tenglashtirish, sayyohlikni rivojlantirish, investitsiyalar oqimini jadallashtirishda ACI xizmatlariga tayaniladi.

Ma’lumot uchun: o‘zida 670 a’zoni birlashtirgan “Xalqaro Aeroportlar Kengashi” (ACI) 176 mamlakatdagi 1 ming 979 ta aeroportga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. ACI, shuningdek, Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO), Fuqaro aviatsiyasida aeronavigatsiya xizmatini ko‘rsatish tashkiloti (CANSO) bilan ham hamkorlik qilib keladi.