"Uzbekistan Airways" aviachiptani qayta rasmiylashtirish xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Uzbekistan Airways yo‘lovchilar uchun yangi “Aviachiptani qayta rasmiylashtirish” xizmatidan foydalanish xizmatini yo‘lga qo‘ydi.

Aviachiptani qayta rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha xizmatlar bo‘limida aviachipta raqami va familiyangizni kiritish kerak. Keyinchalik, muvaffaqiyatli avtorizatsiyadan so‘ng, “Aviachiptani qayta rasmiylashtirish” tugmasini bosishib, ochilgan oynada yo‘lovchini qiziqtirgan yangi jo‘nash sanasini tanlanadi, agar bir nechta reyslar bo‘lsa, jo‘nash vaqtini tanlang va “Qiymatni hisoblash” tugmasi bosiladi.

Tegishli jarimalar hisoblanib, yangi tarifga qo‘shimcha to‘lov rasmiylashtirilib (agar aviachiptada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha joylar bo‘lmasa), aviachiptani qayta bronlash uchun to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, yangi aviachipta yo‘lovchiga u ko‘rsatgan elektron manziliga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, www.uzairways.com saytida sotib olingan aviachiptalar faqat aviakompaniyaning saytida yokiUzbekistan Airways Sales filialida yoki uning agentlari orqali qayta rasmiylashtirish imkoni mavjud.