Uzbekistan Airways ertaga amalga oshiriladigan charter reyslar haqida ma’lumot berdi
Ertaga, 24 may kuni soat 11:00 da “Toshkent — Sharja — Toshkent” yo‘nalishida charter reyslari amalga oshiriladi.
Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro‘yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.
Ro‘yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek, bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi.
Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi.
O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun 23 may kuni “Toshkent — Novosibirsk — Toshkent” charter reyslari amalga oshiriladi. Novosibirsk shahridan uchib keladigan charter reys aviayo‘lovchilari ro‘yxati taqdim etilmoqda.