«Uzbekistan Airways» samolyot bortida uyatsiz sahnalardan iborat film namoyish etilgan holatni izohlab berdi
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchilar tomonidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyoti bortida uyatsiz kinosahnalardan iborat film namoyish etilgani haqida video tarqaldi.
“Ko‘pchilik uyatsiz sahnalardan noqulay ahvolga tushdi”, - deb yozgan yo‘lovchi.
Ushbu holatni «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi izohlab berdi:
Samolyot bortida namoyish qilingan «Elisnikida mehmonda» (ingliz tilida «Home Again», AQSh, 2017) filmidan video parcha paydo bo‘libdi. Kadrdagi qahramonlarning bo‘sasi yo‘lovchining samolyotda «pornografiya» (sitata) ko‘rsatilishi nojoizligi to‘g‘risidagi salbiy fikri bildirilgan.
Parvoz vaqti samolyot bortida film ko‘rib ketish vaqtni o‘tkazishning bir muhim jihati hisoblanadi. «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi namoyish qilinadigan filmlarni tanlash masalasiga juda jiddiy yondashadi. Videodasturlar asosan Vatanimizda va xorijda ishlab chiqarilgan klassik komediya va tarixiy, oilaviy, animatsion, melodramalardan h.k. shakllantiriladi.
Videodasturlarni ishlab chiqishga alohida talablar qo‘yiladi, bunda havo kemasi bortidagi yo‘lovchilarga zo‘ravonlik, qotillik, terror, hayvonlarni xo‘rlash, halokatlar, portlashlar va boshqa shok holatlariga soladigan sahnali kadrlari mavjud filmlar ko‘rsatish yo‘l qo‘yilmaydi. Shunday qilib, tanlangan kontent turli ta’bli yo‘lovchilar toifasi uchun tanlangan (kattalar, o‘smirlar va bolalar) va belgilangan vaqtda yangilanib turadi.
"Yuqorida zikr etilgan «Elisnikida mehmonda» filmi MPAA PG-13 xalqaro reytingi sohibi bo‘lib (13+ yoshidagilarga mo‘ljallangan) va kino tanqidchilarining ko‘p sonli ijobiy taqrizlariga sazovor bo‘lgan. Uning mazmuni «pornografiya mahsuloti» yuridik tavsif atamasiga mos kelmaydi, shu munosabat bilan «Ozodlik radiosining» (dastlabki manba fikri) tahririyati tomonidan mazkur atamani qo‘llanishini noo‘rin deb hisoblaymiz", - deyilgan aviakompaniya izohida.
Shuningdek, aviakompaniya badiiy filmlarni tanlash mezonini qayta ko‘rib chiqish maqsadida «Uzbekistan Airways» bortida avval ko‘rgan qaysi kinokartinalar salbiy his-tuyg‘ular uyg‘otgani haqida kommentariyalarda bildirishni so‘ragan.
Keltirilgan barcha taklif va istaklar asosida kinodasturni yangilashda inobatga olinishi aytilgan.