Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“+” va “–“ belgilari olti asrdan buyon amaliyotda

+ (plyus) va – (minus) belgilari XV asrda yozilgan Yan Vidman asarlarida uchraydi. Ko‘paytirishning nuqta ko‘rinishida belgilanishi XVII asrda, “%” belgisi esa XIX asr o‘rtalarida kiritilgan.

Samarqand shahar 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan matematik kechada o‘quvchilar tomonidan mana shunday ajoyib ma’lumotlar berildi. Bolalar matematika kundalik turmushda har sohada kerakligi, uni astoydil o‘rganish lozimligini sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etdi. 

Gulnora HAYDAROVA,

maktab o‘qituvchisi.