Vakillarimiz “Katta dubulg‘a” turnirida 8 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi
- 06.03.2023 10:23
- 75
- Sport
Toshkentdagi “Yunusobod sport majmuasi”da dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri o‘tkazildi.
Dunyoning 49 mamlakatidan ishtirok etgan sportchilar o‘rtasidagi bahslarda birinchi o‘rin umumjamoa hisobida Yaponiya terma jamoasiga nasib etdi. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Turnirda sportchilarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Murosasiz kechgan bellashuvlarda Murodjon Yo‘ldoshev -73 kg., Davlat Bobonov -90 kg. va Alisher Yusupov +100 kg. vazn toifasida oltin medalga ega chiqdi.
Kumush medal:
-66 kg.: Sardor Nurillayev
Bronza medal:
-60 kg.: Doston Ro‘ziyev
-66 kg.: Muhriddin Tilovov
-81 kg.: Muso Sobirov
-70 kg.: Gulnoza Matniyozova.
Qayd etish joiz, bu “Katta Dubulg‘a” turnirlarida medallar soni bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi uchun yangi rekord hisoblanadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 6 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand