Valensiyada Samarqand shahrida turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan forum tashkil etiladi

O‘zbekiston elchixonasida YuNESKO «Ipak yo‘li» dasturi Ispaniyadagi prezidenti Xose Mariya Chikiyo Barber bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Muloqot chog‘ida mamlakatda ichki va tashqi turizmni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berildi. Samarqanddagi eshkak eshish kanali bo‘yida barpo etilgan yirik «Buyuk Ipak yo‘li» xalqaro turizm markazi ishga tushirilishi alohida ta’kidlandi. Majmua hududida 8 ta mehmonxona, shundan ikkitasi besh yulduzli, ikkitasi 4 yulduzli, to‘rtta butik mehmonxonalar, kongress-xoll va «Abadiy shahar» barpo etilgan.

Mamlakat sayyohlik salohiyatini oshirish va yangi Samarqand xalqaro aeroporti imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish maqsadida 1 oktyabrdan boshlab «ochiq osmon» rejimi joriy etilgani qayd etildi.

Xose Mariya Chikiyo Barber sayyohlar uchun yaratilgan yangi va qulay sharoitlar, Samarqand shahrida yaratilgan zamonaviy infratuzilma mamlakatga turistlar oqimini oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini ommalashtirish maqsadida noyabr oyida Valensiya shahrida Ispaniya yirik turk kompaniyalari, OAV va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Samarqand shahrida turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan forum tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.