Vaqt sayohatchilari: Meditsina aql bovar qilmas yutuqlarga erishadi

G‘ayrioddiy voqea sodir bo‘lganini aytib berganlarga, hech qanday dalili bo‘lmasa, ko‘pchilik ishonmaydi. Amerikaning Vayoming shtatida yashovchi erkakning hikoyasi ham shunga o‘xshash. U o‘zining vaqt sayohati tarixi va o‘zga sayyoralik bosqinchilar bilan bo‘lgan voqealari to‘g‘risida so‘zlashni boshlaganida huquq-tartibot idoralari u bilan qiziqa boshladi.

Brayant Jonson Kasper 2048 yilga sayohat qilganini ta’kidlay boshladi. Uning kelajak to‘g‘risidagi vahiylari eshitganlarni hayratda qoldirdi.

Amerikalikning aytishicha, yaqin orada, ya’ni 2048 yilga qadar uning vatanini zabt etadigan begona kuchlar tashrif buyuradi. U o‘z so‘zlari haqiqatligini va aholini tezda shaharni tark etishga undadi. Uning so‘zlari jiddiy qabul qilinmadi va u politsiya tomonidan hibsga olindi.

ПУТЕШЕСТВИЕ ВО ВРЕМЕНИ: вернулись, чтобы рассказать

So‘zlari odamlarni o‘ylashga majbur qilgan yana bir vaqt sayohatchisi yolg‘onni aniqlovchi apparat (detektor)da kelajakda insoniyat nimani kutayotganini aytib berdi. Buyuk Britaniyalik bu odam kelajakka ko‘p marotaba sayohat qilganini da’vo qildi. Ko‘plab soxta payg‘ambarlardan farqli o‘laroq, u aqldan ozmaganligini va haqiqatni gapirayotganligini apparatda isbotlab berdi. Qizig‘i, u mashhurlikni izlamasdan, o‘zi haqida sir saqlashni xohladi.

Uning aytichisha, 2030 yilda Amerikada Ilan Remeyk degan kishi bosh qo‘mondonlikka kirishishi bilanoq vaqt sayohati bolalar o‘yiniga qaraganda ham osonroq bo‘ladi.

Shuningdek, u bugunda qilinayotgan taxminlar amalga oshishini va sun’iy aql butunlay dunyoni boshqarishini bashorat qilmoqda. Google ilovalari shu qadar takomillashadiki, ular har qanday uy-ro‘zg‘or ishlarini ham boshqarib boradi. U Shimoliy Amerikaning isib ketishi davom etishini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini va Yevropaga sovuq kelishini ham aytgan.

50 yoshga kirgan bo‘lishiga qaramasdan, u juda yosh ko‘rinadi. Meditsina aql bovar qilmas yutuqlarga erishishini, kelajakda u anoreksiya kasalligidan aziyat chekkanligi sabab tabletka ichib yosharganini ham aytgan.

Intervyu oxirida detektorda uning so‘zlari haqiqat ekanligiga ishonchli dalillari borligini, biroq u buni odamlar bilan bo‘lisha olmasligini, haqiqat vaqt o‘tishi bilan paradoks (sog‘lom aqlga zid fikr)ga olib kelishi, bu esa butun voqelikka tahdid solishi mumkinligini aytdi.

Bahora MUHAMMADIYeVA tarjimasi.