Verona qanday forum, uni o‘tkazish bizga nechog‘li naf keltiradi?
Samarqanddagi "Silk Road Samarkand" xalqaro sayyohlik markazida tashkil qilingan XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi Italiyaning «Yevroosiyoni anglaymiz» notijorat uyushmasi va O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.
Forum tarixi
Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi Italiyada (Verona) 2007 yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. 2022 yilda Ozarbayjon (Boku) tadbirning mezbon mamlakati bo‘lgan. Joriy yilda XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi Samarqand shahri o‘tkazilmoqda.
Tadbir doirasida
Samarqandda ham forum avvalida madaniy tadbirlari o‘tkazildi. Xususan, N.I.C.E. yangi italyan kinosi kinofestivali tashkil qilindi. U orqali tomoshabinlar 30 yil davomida Italiya kinematografiyasining yangiliklari bilan tanishdi. «San-Remo yulduzlari» konsertida italiyalik mashhur ijrochilar qatnashdi.
Asosiy dastur
Forum dasturiga ko‘ra, dastlab "Yevroosiyo markazidagi hamkorlik loyihasi: xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda O‘zbekistoning roli" mavzuida maxsus sessiya o‘tkaziladi.
Umuman, 3-4 noyabr kunlari 8 ta - yangi xalqaro kontekstda savdo, sarmoyaviy va texnologik hamkorlikning yangi mexanizmlari, xomashyo va energiya bozorlarini rivojlantirish istiqbollari singari mavzular muhokama qilinadi.
Manfaat bormi?
Forum biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgani bilan ham ahamiyatli.
Shu bois, sessiyalarda Yevropa va Osiyoning yirik kompaniyalari va moliya institutlarining yuqori lavozimdagi xodimlari, siyosat va jamoat arboblari, mutaxassislar, diplomatlar, turli xalqaro va hududiy tashkilot vakillari qatnashyapti.
Asosiysi, forum tadbirkorlar o‘rtasida erkin muloqot, biznes aloqalar va muzokaralar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Uchrashuvlar doirasida o‘nlab mamlakatlarning xususiy va davlat kompaniyalari vakillari keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha fikr almashishadi.
Forumda O‘zbekiston bilan biznes aloqalarini olib borish, hamkorlik o‘rnatishdan manfaatdor italiyalik tadbirkorlar ishtirok etmoqda.
Darvoqe, Bokuda o‘tkazilgan XV forum rezolyusiyasida "moliya, texnologiya va sanoat, transport va logistika masalalarini muhokama qilishga kamroq vaqt ajratdik", deyilgan.
Samarqanddagi XVI forumda qayd qilingan masalalar bo‘yicha alohida sessiyalar belgilangan.