Vetnamlik tadbirkorlar pastdarg‘omlik pillakorlar bilan hamkorlikda ipak mahsulotlari tayyorlaydi
Past Darg‘om tumanidagi pilla xomashiyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan “Elbek - TRJ” korxonasida viloyatdagi pillani qayta ishlash korxonalari rahbarlari bilan Vetnamning pillachilik yo‘nalishidagi tadbirkorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari Sh.Xudoyberdiyev hamorhligida korxonaga kelgan vetnamlik tadbirkorlar dastlab yangi yetishtirilgan pilla xom ashyosini ko‘zdan kechirdi. “Elbek - TRJ” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuv so‘ngida vetnamlik tadbirkorlar bilan samarqanlik pillakorlar bilan mahsulot xaridi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Jumladan, “Elbek - TRJ” korxonasidan 5 million AQSh dollariga teng ipak mahsulotini xarid qilish bo‘yicha kelishib olindi.
Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati.