Viloyat bosh sanitariya vrachi qurilish, sanoat va yirik ishlab chiqarish korxonalari rahbarlariga tavsiyanoma yo‘lladi

Karantin tadbirlarini yumshatish choralarini ko‘rish maqsadida qurilish, sanoat va yirik ishlab chiqarish korxonalarining normal ishlashi uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha sanitariya tavsiyanomasi:

- korxonaga kirish eshigida zamonaviy dezinfeksiyalovchi qurilmalar o‘rnatish va rezinali to‘shamalar tashkil etish (ularning dezinfeksiyalovchi vositalar bilan namlangan holda bo‘lishini ta’minlash);

- har bir xodimni korxonaga niqob taqqan holda va qo‘lni antiseptik bilan artib kiritish, tana haroratini o‘lchab kiritish uchun pirometrlar bilan ta’minlash;

- tashkilotga murojaat qilayotganlarni qaydlab borish uchun alohida jurnal yuritib, tana haroratini o‘lchab, jurnalga qaydlab borish.

- tana harorati bo‘lgan ishchi-xodimlar va fuqarolarni tashkilotga kiritmaslik va zudlik bilan hududiy sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazlariga telefon orqali ma’lumot berish;

- har kuni dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, alohida dezinfeksiya guruhi (dezinfektorlardan iborat) tashkil etish va ularni dezinfeksion vositalar, himoya kiyimlari va avtomakslar bilan ta’minlash;

- dezinfektorlar tomonidan ob’yektning barcha joylarida har kuni 2 martadan dezinfeksiya qilishni yo‘lga qo‘yish;

- ishchi-xodimlarni niqoblar va antiseptik vositalar bilan ta’minlash;

- korxona ishchilari uchun yotoq joylari tashkil etish hamda qattiq va yumshoq inventarlar bilan yetarli darajada jihozlash (karavot, ko‘rpa-to‘shaklar, tumbochka va boshqalar);

- ishchilarning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari uchun sanitariya-gigena talablariga javob beradigan dushxona, yuvinish xonasi, hojatxona tashkil qilish hamda shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlash;

- tana harorati yuqori bo‘lgan ishchilar aniqlanganda vaqtincha saqlash uchun kamida to‘rt o‘rinli izolyatorlar tashkil etish;

- ishlab chiqarish binolarining va bosha xonalarning havosini tez-tez shamollatib turish;

- har bir ob’yektda ishchilarning to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik.

- ishlatilgan bir martalik jihozlarni zararsizlantirib, yo‘qotish choralarini ko‘rish uchun alohida joy ajratish.

X.BOYMURODOV,

Samarqand viloyati bosh davlat sanitariya vrachi.