Viloyat hokimi va Buyuk Britaniya delegatsiyasi tibbiyot mutaxassislari uchrashuvi o‘tkazildi: Qorasuvda xorijiy shifoxona ish boshlashi kutilmoqda
Viloyat hokimi Buyuk Britaniyadan kelgan tibbiyot sohasi mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Sog‘liqni saqlash sohasida, xususan, Samarqand va Buyuk Britaniya tibbiyot oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shahzoda Charlz kasalxonasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘yicha maslahatchisi Tayman Voheed Londondagi Kardiff universiteti faoliyati haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada Britaniya tibbiyoti eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Bugun esa britaniyalik mutaxassislar turli qo‘shma tadbirlar orqali samarqandlik hamkasblari bilan o‘z bilimlarini baham ko‘rishga tayyor.
Kardiolog Mayvand Sher ta’kidlaganidek, 2021 yilda hokim bilan uchrashib, uning ko‘magidan so‘ng Samarqand shahrining Qorasuv massivida xususiy tibbiyot markazi qurishga qaror qilgan va hozirda loyiha yakunlash bosqichida.
O‘z navbatida, Erkinjon Turdimov ushbu hamkorlik Samarqandda tibbiyot sohasida yangi imkoniyatlar ochishiga umid bildirdi va viloyat hokimligi bu borada qonun doirasida ko‘mak berishga tayyorligini ta’kidladi.