Viloyat Kengashining 86-sessiyasi 17 may kuni o‘tkaziladi

Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov bugun, 10 may kuni qabul qilgan “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, sakson oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi qarorida belgiladi.

Qarorga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, sakson oltinchi sessiyasi 2023 yil 17 may kuni chaqiriladi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining ijrosi yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurovning hisoboti;

- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) mintaqaviy vakili D.Husanovning 2022 yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axborot to‘g‘risida;

- xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi va Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2021-2022 yillardagi faoliyati yuzasidan jamoat fondi direktori D.Malikov hisoboti to‘g‘risida;

- viloyatda 2023 yilning I choragida davlat va mahalliy byudjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosi to‘g‘risida viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayevning hisoboti to‘g‘risida;

- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

- xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022 yil 4 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-408-sonli qaroriga muvofiq, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish Dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;

- viloyatda 2024 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladigan loyihalarning taqdimoti to‘g‘risida;

- jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;

- jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida.