Viloyat sudi raisi kubogi Samarqand shahrida qoldi
Samarqand viloyat sudi rahbariyati va sudning kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida viloyat, tumanlararo, tuman va shahar sudlari sudyalari va sud idoralari xodimlari o‘rtasida “Rais kubogi - 2021” futbol musobaqasi o‘tkazildi.
Murosasiz uchrashuvlar natijasiga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi jamoasi birinchi o‘rinni, Payariq tumanlararo sudi jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Samarqand viloyat va Tayloq tumanlararo sudlari jamoalari uchinchi o‘rinni egalladi.
Shuningdek, “Eng yaxshi o‘yinchi” sovriniga FIB Samarqand shahar sudining sudyasi F.Karimov, “Eng yaxshi hujumchi” sovriniga FIB Urgut tuman sudining sudya yordamchisi Sh.Ostanaqulov va “Eng yaxshi darvozabon” sovriniga FIB Samarqand shahar sudining sudyasi A.Jo‘rayev sazovor bo‘ldi.
Doston Mamatazimov,
viloyat sudining sport targ‘ibotchisi.