Viloyatda eng katta ulushga ega bozor xizmatlari turlari ma’lum qilindi

2022 yilning o‘tgan 7 oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 27,7 foizni tashkil etib, 3 397,5 milliard so‘mga to‘g‘ri kelgan.

Transport sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi, xizmatlarning umumiy hajmida ularning ulushi ustun bo‘lib qolmoqda – 23,6 foiz.

Transport xizmatlarining eng katta ulushi avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri kelgan.

Moliyaviy xizmatlar hajmi ham nisbatan oshgan. Xususan, moliya muassasasi tomonidan ssuda berish yoki depozitni saqlash bo‘yicha xizmatlari uchun aylanma hajmi sezilarni o‘sgan. 2022 yil yanvar-iyul oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 2 058,4 milliard so‘mni tashkil etgan.

Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, AKT rivojlanishi mamlakatning raqobatbardoshlik darajasiga bevosita ta’sir qiladi. Bu sohada 2022 yil yanvar-iyul oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 582,4 milliard so‘mni tashkil etgan.

Umuman, 2022 yil yanvar-iyul oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 12 278,5 milliard so‘mga yetgan. Uning nominal hajmi 2 253,8 milliard so‘mga oshgan. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,8 foizni tashkil etgan.