Viloyatdagi 3 ta savdo do‘konidan 10 202 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari aniqlandia

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi, Payariq va Narpay tumani bo‘limlari va IIB xodimlari hamkorligidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “M.B.”, "Y.S" va “I.” MChJlarga qarashli savdo do‘konlari sotuvchilari xaridorlarga qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotayotgan vaqtlarida ushlangan. Ushbu savdo do‘konlaridan umumiy bahosi 334 mln so‘mlik turli nomdagi jami 10 202 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.