Viloyatdagi 7 ta korxona 2 mlrd. so‘mdan ziyod elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi: Bu — 26 ming xonadonning bir oylik elektr iste’moliga teng
Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Samarqandda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Xususan, Samarqand shahrida faoliyat yuritib kelayotgan oltita va Kattaqo‘rg‘on tumanida bitta korxona elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 2 mlrd. 355 mln. so‘mlik (5 mln 228 ming 433 kVt·soat) zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: ushbu miqdordagi elektr energiyasi 26 ming 142 ta xonadonning bir oylik iste’moliga tengdir.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.