Viza uchun diplomatik vakolatxonaga borish kerakmi?

Samandar TO‘XTAYeV,

Toyloq tumani.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 4 iyulda imzolangan "Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasiga kirish tartiblarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarorida bu haqda aytib o‘tilgan.

Hozirgi vaqtda E-visa.uz sayti orqali xorijiy sayyohlarga elektron viza berish tartibi joriy etilgan. Ya’ni, O‘zbekistonga sayyohlik maqsadida kelishni istagan fuqarolar viza olish uchun diplomatik vakolatxonaga murojaat qilishlari shart emas.

Elektron viza sayyohlik maqsadida O‘zbekistonga kelayotgan fuqarolarga 30 kun davomida O‘zbekistonda bo‘lish huquqini beradi. Yuqoridagi sayt orqali yuborilgan murojaatlar 2 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Elektron viza xizmati uchun 20 AQSh dollari miqdorida to‘lov qilinadi.

Bu imkoniyatdan dunyoning 101 davlati fuqarolari, jumladan, xitoyliklar foydalanish imkoniga ega.

Savolga Turizmni rivojlantirish

departamenti viloyat bo‘limi mutaxassisi

Sardor MaHmatmurodov javob berdi.