Volgogradda 11 nafar o‘zbekistonlik mehnat migranti ovqatdan zaharlandi

Ularning hozirgi ahvoli haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumot berdi.

Dastlabki o‘rganishlardan ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 28 iyul kuni Volgograd viloyati Bikovskiy tumanidagi "Pobeda" fermer xo‘jaligida qonuniy ishlab kelayotgan fuqarolarning sog‘lig‘i yomonlashgach, tez yodam chaqirilib, shifoxonaga olib borilgan.

Ovqatdan zaharlanish tashxisi qo‘yilib, ular shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirgi vaqtda fuqarolar o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda va sog‘lig‘i tiklangach, shifoxonadan javob beriladi. Hozircha aybdorlar haqida ma’lumot berilmagan.