Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 85-sessiyasi 8 may kuni o‘tkaziladi
Bu viloyat hokimi E.Turdimovning bugun, 5 may kuni qabul qilgan “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari oltinchi chaqiriq, sakson beshinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat Kengashining sakson beshinchi sessiyasi 2023 yil 8 may kuni chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- Samarqand viloyati aholisi va ijtimoiy soha ob’yektlarini 2023 yilda energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
- viloyat hokimining tegishli qarorlarini tasdiqlash.