Xalq deputatlari viloyat Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi 22 sentyabr kuni o‘tkaziladi
Bu haqda xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Sh.Negmatovning 18 sentyabrda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, o‘n yettinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
- “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari X.To‘xtayevning hisoboti;
- viloyatda reproduktiv salomatlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yil yakuniga qadar ko‘riladigan chora-tadbirlar haqida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniyevning hisoboti;
- Ishtixon tumanidagi aholi punkti nomini o‘zgartirish to‘g‘risida;
- o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining 2025 yil hisobidan maqbullashtirilgan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;
- yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘g‘risida;
- Bulung‘ur tumanida yuqori iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi ijtimoiy va infratuzilma loyihalari uchun 2025 yilda davlat byudjetida nazarda tutilgan mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha manzilli dasturning tasdiqlash to‘g‘risida;
- jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida;
- xalq deputatlari viloyat Kengashining 2025 yil 15 avgustdagi “Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida” qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;
- viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.