Xalq ta’limi boshqarmasi: tegishli qaror chiqqan bo‘lsa-da 81 nafar yoshlarga uy-joy berilgan emas

Hukumatning tegishli qarorlariga binoan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar uy-joy bilan ta’minlanishi lozim.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Shodiyevaning ma’lum qilishicha, Samarqand viloyatida uy-joy bilan ta’minlash rejalashtirilgan 99 nafar shunday yoshlar bor. Ayni vaqtda ularning faqat 18 nafari uy-joy bilan ta’minlangan.

81 nafar yoshlar esa o‘zlariga ajratiladigan uy-joylarni kutmoqda. Shodiyevaga ko‘ra, yuqoridagi yoshlarni ham uy-joy bilan ta’minlash uchun tuman, shahar hokimlarining tegishli qarorlari chiqqan. Ammo shunga qaramasdan hozircha ularga uy-joy topshirilmagan.