Xalq ta’limi vazirligi esselar tanlovi e’lon qildi
Xalq ta’limi vazirligi maktablarda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish maqsadida “Ma’rifatli jamiyat – Uchinchi Renessans bunyodkori” esselar tanlovini o‘tkazmoqda.
Tanlovda Xalq ta’limi tizimidagi maktab o‘qituvchilari 2 ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin:
✅ Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari hamda ta’lim qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning o‘zbek tili fani o‘qituvchilari.
✅ Ta’lim tilidan qat’iy nazar barcha fan o‘qituvchilari.
📝Tanlov 2022 yil 26 sentyabrdan 21 oktyabrga qadar bo‘lib o‘tadi.
Tanlovning maktab bosqichi 26 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Tanlov g‘oliblari 21 oktyabr —O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana arafasida aniqlanadi.