Xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalaridan qay holatlarda bojxona to‘lovi undiriladi?

Ta’kidlanganidek, mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”  PQ-3512-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ya’ni:

- bir kalendar chorak davomida xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar miqdori 1 000  AQSh dollaridan oshmasa;

- xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar miqdori 100  AQSh dollari miqdoridan oshmasa;

- xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari orqali yuridik shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar miqdori 100 AQSh dollari miqdoridan oshmasa – ularni majburiy bojxona to‘lovlarisiz olib kirish mumkin bo‘lmoqda.

Kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarning qanday maqsadga mo‘ljallanganligini aniqlashda tovarlarning miqdori hisobga olinishi va bunda tovarlarni olib o‘tayotgan jismoniy shaxs va uning oila a’zolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlarga, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar sifatida qaralishi belgilab qo‘yildi.

 

 Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi

Axborot xizmati