Xalqaro zaxiralarimiz biroz kamaydi
Mart oyi davomida rasmiy zaxira aktivlar va chet el valyutasidagi boshqa aktivlar jami qoldig‘i 205 mln. dollarga kamaygan va 35,2 mlrd. dollarni tashkil etgan.
Zaxiralarning valyuta qismi 355 mln. dollarga qisqargan va 1 aprel holatiga 13,2 mlrd. dollardan iborat.
Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldig‘i o‘zgarmagan - 10,9 mln. troya unsiyasi. Oltin kotirovkalari qimmatlashgani hisobiga, uning moliyaviy qiymati qoldig‘i 160 mln. dollarga ko‘paygan va 20,9 mlrd. dollarni tashkil etgan.
Xalqaro zaxiralarning tarkibidagi o‘zgarishlar mundarijasi mart oyida sezilarli miqdorda intervensiyalar bo‘lganiga ishoralar beradi.