"Xishrav"dagi bog‘cha ko‘chasiga tosh yotqiziladi
Bugun telegram kanalimizda «Quruvchi bog‘chamiz ko‘chasini vayron qildi» sarlavhali tanqidiy maqola e’lon qilingan edi. Mazkur holat yuzasidan viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi javob yo‘lladi.
Unda shunday deyiladi: "Inspeksiya xodimlari tomonidan ushbu manzilda o‘rganishlar olib borildi.
Ma’lum bo‘lishicha, «Samarqandsuvmaxsusdrenaj» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Xishrav mahallasidagi uchta ko‘chada reja asosida kanalizatsiya tarmog‘i o‘tkazish belgilangan. Buning uchun korxona xodimlari belgilangan loyiha-smeta asosida yo‘lni kovlab, tarmoq tortishgan va yo‘l tekislangan.
Biroq tuproq yo‘l yog‘ingarchilik tufayli loy holga kelgan. Qurilish korxonasi ushbu maktabgacha ta’lim muamssasasi joylashgan ko‘chaga o‘z hisobidan tosh yotqizish ishlarini boshladi. Boshqa ko‘chalar yomg‘irli kunlardan so‘ng loyiha-smetada ko‘rsatilgandek tekislanadi".