Xitoy Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
- 03.09.2022 12:34
- 88
- Xorij
Xitoy “Yaogan-33-02” Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli uchirdi, deb xabar berdi Xitoy Aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi bugun, 3 sentyabr kuni.
“3 sentyabr, Pekin vaqti bilan soat 07:44 (Toshkent vaqti bilan 04:44) da "Chanchjen-4C" tashuvchisi Szyusyuan kosmodromidan muvaffaqiyatli uchirildi va «Yaogan-33-02» masofaviy zondlash sun’iy yo‘ldoshini mo‘ljallangan orbitaga olib chiqdi”, deyiladi korporatsiya xabarida.
Orbitaga chiqarilgan qurilma Shanxay kosmik texnologiyalar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. U birinchi navbatda resurslarni qidirish, qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini baholash, tabiiy ofatlar oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda qo‘llanilishi rejalashtirilgan.
Teglar:
Xitoy
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Xatayliklar Samarqandni ziyorat qildi
- Bugun, 16:40
- Samarqand
Parranda naslchiligi yo‘lga qo‘yiladi
- 19/03, 19:51
- Qishloq xo'jaligi
Yangilangan ziyoratgohda hayit namozi o‘qiladi
- 19/03, 11:51
- Samarqand