Xitoy mamlakatga Rossiyadan kirib keluvchi mahsulotlarga taqiq qo‘ydi

Xitoyda koronavirus qariyb jilovlanib bo‘lgani ma’lum qilindi. Bir yarim milliard aholiga ega mamlakatda ma’lumotlarga ko‘ra, kecha bor-yo‘g‘i 64 kishida COVID-19 aniqlangan.

Shunga qaramay, bu yerda ehtiyotkorlik choralari susaytirilgani yo‘q. Ayniqsa, ular pandemiyaning yangi to‘lqini bilan yuzma-yuz kelgan Rossiyadan tashvishda. Bu mamlakatdan virus kirib kelish xavfi yuqori deb aytilmoqda.

Bugun, 29 oktyabr kuni Xitoy Rossiyadan kirib keladigan muzlatilgan dengiz mahsulotlari importiga chek qo‘ydi. Bunga “Zarya LLC” kompaniyasi mahsulotlari o‘ramida koronavirus aniqlangani sabab bo‘ldi. Xitoy Xalq Respublikasi bojxona bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, taqiq besh hafta davomida amal qiladi.

3 noyabrdan esa butun mamlakat bo‘ylab bojxona organlari to‘rt hafta muddatga Rossiya kompaniyasidan import deklaratsiyalarini qabul qilishni to‘xtatadi.