Xitoy Pentagondan 10 baravar kattaroq qo‘mondonlik markazi qurmoqchi. Turkmaniston Moskvaga uchmaydi. Germaniyada norozilik to‘lqini

🔹 Xitoy "Pekin harbiy shahri" nomli qo‘mondonlik markazini qurmoqda. U qurib bitkazilgach, Pentagondan 10 baravar katta bo‘ladi, deyiladi "Financial Times"da. "Xitoyda o‘ta maxfiy harbiy ob’yekt qurilishi boshlandi, uning ko‘lami barcha ma’lum analoglardan oshib ketadi" deyiladi xabarda.

🔹 AQSh prezidenti Donald Tramp BRIKSga a’zo davlatlar global savdoda yangi valyuta yoki AQSh dollariga boshqa muqobil yaratishga harakat qilsa, ularga 100 foiz import bojlari joriy etish bilan tahdid qildi.

🔹 Turkmaniston havo yo‘llari Ashxobod va Moskva o‘rtasidagi reyslarni to‘xtatish muddatini martgacha uzaytirdi. Kompaniya reyslar to‘xtatilishi sabablarini keltirmadi. Turkmaniston o‘tgan yil oxirida Moskva va Ashxobod o‘rtasidagi parvozlarni to‘xtatgan edi. 

🔹 "G‘azo bo‘yicha rejani besh yil ichida ishonch bilan bajara olamiz, degan fikr noto‘g‘ri, buning iloji yo‘q. Chunki G‘azoni tiklash uchun 10-15 talab etiladi. G‘azodan amalda hech narsa qolmagan”, dedi AQShning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiven Vitkoff. 

🔹 Parlament tomonidan tasdiqlangan, "propiskasiz" shaxslarni kiritmaslik, deportatsiya qilinishi lozim bo‘lgan migrantlarga chorani kuchaytirish, jinoyatchi migrantlarga nisbatan qattiq jazo chorasini o‘z ichiga olgan migratsiya siyosatini kuchaytirish to‘g‘risidagi qaror tufayli Germaniyada norozilik namoyishlari boshlandi. Minglab odamlar Berlin ko‘chalariga chiqqan.

🔹 Turkiyaning Bolu shahrida favqulodda vaziyatdan keyin Antaliyada kamida 50 mehmonxona muhrlandi. 21 yanvar kuni tog‘-chang‘i kurortidagi yong‘in 78 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.  

🔹 Vashingtonda samolyot va vertolyot to‘qnashib halokatda tirik qolganlar yo‘q. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi. 30 yanvar kuni Vashington osmonida samolyot va harbiy vertolyot to‘qnashishi oqibatida 67 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida amerikalik va rossiyalik sportchilar, o‘quvchilar bo‘lgan.   

🔹 Tramp ma’muriyati elektr transport vositalarini sotib oluvchilarga imtiyozlarni bekor qilmoqda.

🔹Shimoliy koreyalik harbiylar Ukrainadagi og‘ir yo‘qotishlardan so‘ng front chizig‘idan vaqtincha olib ketildi.

🔹 AQSh Davlat kotibi OAVga intervyusida Trampning Grenlandiyani sotib olish niyati jiddiyligini tasdiqladi. Buning uchun harbiy bosim qo‘llanilishi mumkinligini inkor etmadi.