Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSh osmonida havo shari bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi
Xitoy har doim barcha mamlakatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilgan va hech qachon hech kimning havo hududini qasddan buzmagan, dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi o‘z izohida.
3 fevral kuni AQSh diplomatiyasi rahbari Entoni Blinken XXR havo shari bilan bog‘liq hodisa munosabati bilan yakshanba kuniga rejalashtirilgan Xitoy poytaxtiga tashrifini keyinga qoldirishga qaror qilganini ma’lum qildi.
Davlat kotibi yangi sanalarni e’lon qilishdan bosh tortdi va hozirgi voqea hal qilinishidan oldin bu haqda gapirish ertaligini aniq aytdi.
Pentagon vakili avvalroq AQSh osmonida razvedka shari aniqlanganini ma’lum qilgan edi. U Aleut orollaridan Kanada hududi orqali uchib, Montana shtatiga yetib kelgan. Sharning harakatlarini Shimoliy Amerika Aerokosmik Mudofaa Qo‘mondonligi kuzatgan. AQSh harbiylari shar Xitoyga tegishli deb hisoblagan.
Aytilishicha, ular zondni urib tushirishga jur’at etmagan, chunki aholi gavjum hududlarga tushishi xavfi bo‘lgan. Kongressmen Marjori Teylor Grin AQSh prezidenti Jo Baydendan shubhali sharni yo‘q qilishni talab qilgan. Shu bilan birga, u osmondagi ob’yekt, albatta, “Xitoy josuslari shari“ ekanligiga shubha qilmasligini ma’lum qilgan. "Prezident Donald Tramp hech qachon bunga chidab o‘tirmasdi“, dedi kongresmmen.
O‘z navbatida, Xitoy TIV barcha tafsilotlarga oydinlik kiritilgunga qadar «Xitoy ayg‘oqchi shari» mavzusidagi muammoni hal qilishga yordam bermasligini aytdi. Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, shar shamol tufayli yo‘nalishdan og‘ib ketgan, Pekin shar AQSh ustida paydo bo‘lganidan afsusda.
AQSh rasmiylari Lotin Amerikasi ustidan ham Xitoyga tegishli shar paydo bo‘lganini ma’lum qilishdi.