Xitoy va Mo‘g‘ulistonda qora o‘lat (vabo) holatlari qayd etildi

Xitoy shimolida joylashgan ichki Mo‘g‘uliston avtonom hududida yashovchi molboqarda qora o‘lat xastaligi aniqlandi. Bu haqda “Sinszinbao” nashri Bayan-Nur shahri sog‘liqni saqlash qo‘mitasi bergan ma’lumotga tayanib xabar berdi.

“Ayni vaqtda bemor alohidalanib, davolanishga joylashtirildi. Uning salomatligi qoniqarli baholanmoqda”, deya aniqlik kiritilgan qo‘mita xabarida.

Biroq Bayan-Nur shahridan qora o‘latga o‘xshash kasallik qayd etilayotganligi to‘g‘risida xabarlar kelib turibdi. Ayni vaqtda Bayan-Nur shahrida uchinchi darajali biologik xavf e’lon qilingan. 

Bundan tashqari, Mo‘g‘uliston hududida ham dastlab ikki kishida, so‘ng yana bir kishida kasallik aniqlanganligi to‘g‘risida xabar qilindi. Mo‘g‘uliston hukumati barcha zaruriy choralarni ko‘rgan va kasallanganlarni karantinga olgan.

XIX asrning so‘nggiga qadar qora o‘latdan vafot etganlar kasallanganlarning 95 foizini tashkil etgan. Bugungi kunga kelib ushbu kasallik antibiotiklar yordamida nisbatan oson davolanadi.