Xitoy yuani kursi AQSh dollariga nisbatan pastlamoqda

Xitoy Markaziy banki o‘z milliy valyutasining dollarga nisbatan kursini 2008 yildagi holatiga nisbatan ham arzonlashtirmoqda. O‘sha vaqtda 1 dollar 7,0882 yuanga teng bo‘lgan.
Bu holat AQShning joriy yilning 1 sentyabridan boshlab Xitoyning 300 milliard dollarlik mahsulotlariga nisbatan yangi bojlarni qo‘llashga qaror qilganligi tufayli ro‘y bermoqda.
Biroz avval AQSh Xitoy davlatini valyutalar kursiga qattiq ta’sir o‘tkazganlikda ayblab, Xalqaro valyutalar fondini “adolatsiz tenglik”ka, ya’ni yuanni sun’iy ravishda arzonlashtirishga urinishiga yo‘l qo‘ymaslikka undagan.
Xitoy markaziy banki o‘z navbatida AQSh bilan yuzaga kelgan savdo urushida yuan kursidan foydalanish niyati yo‘qligini ta’kidladi. Shuningdek, bank AQShning Xitoyni valyutalar “o‘yini”da muhim o‘rin tutayotganligi to‘g‘risidagi qarorini noto‘g‘ri qadam ekanligini va bu xalqaro moliya bozorida salbiy o‘zgarishlarga va jahon iqtisodiyotini mustahkamlashga to‘siq bo‘lishini ta’kidladi.