Xitoyda “koronavirusga uchragan” pullar yo‘q qilinadi
- 18.02.2020 21:09
- 284
- Xorij
Xitoy hukumati koronavirusni to‘xtatish bo‘yicha yangi strategiyani maqullashdi: “zaharlangan kupyuralar” yo‘q qilinadi, boshqa qismi esa dezinfeksiya qilish haqida qaror qabul qilindi.
Epidemiyaga eng ko‘p uchragan tumanlardagi shifoxona, bozor va jamoat transportidan olingan pullar yo‘q qilinadi. Yo‘q qilinadigan banknotalar miqdori haqida ma’lumot ochiqlanmagan.
Qolgan pullar ultrabinafsha nurlar yordamida dezinfeksiyadan o‘tkaziladi va ikki haftalik karantinga joylashtiriladi.
Yo‘qotilgan pul birliklar o‘rnini to‘ldirish uchun Xitoy markaziy banki yangi banknotalar ishlab chiqaradi. Xususan, yanvarda bank Uxanga yangi banknotalar shaklida 4 milliard yuan ajratdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yangi koronavirus bilan 73 ming kishi kasallandi, 1873 kishi halok bo‘ldi, 12,5 mingdan ortiq kishi sog‘ayib ketdi.