Xitoyga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar xavfli virusdan ogohlantirildi
- 13.01.2020 13:01
- 198
- Salomatlik
O‘zbekistonning Xitoydagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Xitoy rasmiylari 2020 yil 11 yanvar kuni Uxan shahrida koronavirusning yangi tipidan vafot etgan birinchi fuqaro vafot etgani haqida xabar qilishgan. Uxan shahri sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tarqatgan ma’lumotga binoan bugungi kunda 40 dan oshiq kishi kasallangan, yana yuzga yaqin kishi tibbiy kuzatuv ostida.
Kasallik tarqatuvchisi “koronavirusning avval ma’lum bo‘lmagan tipi” hisoblanadi. Olimlar tomonidan virus genomi o‘rganib chiqildi.
Ta’kidlanishicha, elchixona konsullik bo‘limi Uxan shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan tushuntirish ishlari o‘tkazdi.
TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoy, xususan, uning Xubey provinsiyasi va Uxan shahrida bo‘lib turgan yoki bormoqchi bo‘lgan vatandoshlarimizni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqiradi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 12 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand