Xitoylik millioner o‘g‘liga 20 yil davomida o‘zini kambag‘al ko‘rsatib keldi

Hayotda sir saqlashdek og‘ir narsa bo‘lmasa kerak. Sirlaringiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, yukingiz ham shunchalik og‘irroq bo‘ladi. 20 yil “qashshoq”likda yashagan xitoylik ota o‘g‘lining hayratini keltirib, o‘z sirini fosh qildi.

 Bu vaqt davomida ota o‘z o‘g‘liga qarzlari, qashshoqligi va kasodga uchragan biznesi haqida gapirib kelgan.

- O‘g‘lim, sen yigirma yildan beri yashirincha millioner bo‘lgan otang bilan yashab kelayotganingni bilarmiding! – deydi  o‘g‘liga “aktyor” ota.

 “Douyin” (qisqa musiqiy videolar va jonli video eshittirishlarni yaratish va nashr etish uchun yaratilgan ijtimoiy ilova)da tarqalib ketgan videoda o‘g‘il otasi har doim qarzlarini uzish vaqti kelayotganini aytib, yig‘lab turishi va ular haqiqatan ham qashshoqlikda yashab kelganini ta’kidladi. Kichkina dala hovlida yashab yurgan bir vaqtda universitetni yaqinda tugatgan o‘g‘il otasining dang‘illama uyi borligini bilib qoldi.

Bexabar o‘g‘il o‘zining boy maqomini qanday kashf etganining xronologik tarzda sharhladi. U har doim o‘qishni tugatgandan so‘ng otasiga qarzlarini to‘lashda yordam berish uchun 6000 yuangacha (taxminan 850 dollar) maosh oladigan ish izlab topishni rejalashtirgan.

- Ish topishda qiynalib yurgandim, shuning uchun otam meni o‘z ishini davom ettirishga taklif qildi, - dedi u.

Avvaliga u ikkilanib turdi, chunki ota “o‘zini o‘nglab olishi” uchun o‘g‘lini uy ofisiga olib kelguniga qadar, uni har doim biznes kundan-kunga yomonlashib borayotganiga ishontirib kelgan.

 - Otam bu ofisni sotib olib, uni o‘z uyiga aylantirgan ekan.

Endilikda uning ham uyi hisoblanadigan ofisda divan, stol, televizor va karaoke jihozlari bo‘lgan alohida xonalarning bir necha qavatli “KTV” xonalari, 50 000 yuan (taxminan 7000 dollar) qiymatidagi akvarium va lift mavjud. Shuningdek, garajida 8 ta qimmatbaho mashinasi bo‘lgan. Xo‘sh, uning ota-onasi qanchalik boy ekan?

Garchi u hozir otasining kompaniyasida ishlayotgan bo‘lsa-da, o‘g‘il oylik maoshi hali ham 6 000 yuandan kamligini tan oldi va u hali ham har kuni elektr mototsiklida ishga borishini aytadi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.