Xitoyning Markaziy Osiyoga nega qiziqayotgani sabablarini bilasizmi?

Birinchidan, bir yarim milliardlik aholini boqish uchun Xitoyning qo‘shimcha resurslarga ehtiyoji bor. Chunki Xitoy gaz, uran, qimmatbaho metallarni Markaziy Osiyodan import qiladi.
Ikkinchidan, Chin o‘lkasi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan chegaradosh va bu geografik joylashuvdan o‘z tovarlarini uchinchi davlatga eksport qilishda tranzit sifatida foydalanadi. Qolaversa, 70 milliondan ortiq aholi yashovchi Markaziy Osiyo bozori ham Xitoy iqtisodini jalb qiladi.