Xorij voqealari qisqa xabarlarda: BMT Xavfsizlik Kengashi Guterrishni to‘liq qo‘llab-quvvatlashi ma’lum qilindi

🔹Vengriya Yevropa Ittifoqining Xitoy tovarlariga bojlarni oshirish qaroriga qarshi chiqdi. 

🔹 Rasmiy London Chagos arxipelagi orollarini uzoq vaqtdan buyon egalik masalasida bahslashgan Mavrikiyga o‘tkazmoqchi.  Endi Qo‘shma Shtatlar u yerda Xitoy razvedka posti paydo bo‘lishidan xavotirda deyiladi OAVda. Chagosdagi orollardan biri - Diyego Garsiyadagi harbiy baza 99 yil davomida Britaniya nazorati ostida qoladi.

🔹BMT Xavfsizlik Kengashi Guterrishni to‘liq qo‘llab-quvvatlashi e’lon qilindi. Avvalroq Isroil BMT bosh kotibi Antonio Guterrishni ‟persona non grata” deb e’lon qilgan va unga mamlakatga kirishni taqiqlagan edi. 

🔹 Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Livan hukumati bilan muzokaralar olib borish uchun Islom Respublikasi delegatsiyasi boshchiligida Bayrutga bordi.

🔹 AQShning Isroil tomonidan Erondagi nishonlarga ehtimoliy zarbalarida ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Ekspertlar buni Vashingtonning Yaqin Sharqdagi keskinlik ortib borayotgan bir paytda strategik ehtiyotkorligi bilan bog‘lamoqda. 

🔹 Tel-Avivning Vashington ko‘magisiz zarba berishga urinishi o‘ta xavfli va Tehron yadro dasturini amalga oshirishni kechiktiradi. Isroillik strateglarning asosiy bosh og‘rig‘i ikkita asosiy ob’yekt bo‘lib qolmoqda: Natanzdagi uranni boyitish zavodi va Fordo majmuasi. Ikkala ob’yekt yer va tosh qatlamlari ostida joylashgan va ularni oddiy havo hujumlariga deyarli daxlsiz qiladi. Bir necha o‘nlab metr beton va granitdan o‘tish uchun Isroilga hozirda Qo‘shma Shtatlar ega bo‘lgan juda kuchli qurol kerak.

🔹 Isroil mudofaa kuchlari “Hizbulloh”ning raketa dasturini yaratuvchisi Mahmud Yusuf Anini, HAMAS hukumati rahbari Ravha Mushtahiyni yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

🔹 AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil Eron neft ob’yektlariga hujum qilishi mumkinligi haqida e’lon qilganidan keyin neft narxi keskin ko‘tarildi.

🔹 Eron 2025 yilning apreligacha 10 ta yadro kallaklarini yaratishi mumkin.

🔹 NATOning yangi bosh kotibi Mark Ryutte Kiyevda.

🔹 Rossiya Davlat Dumasi mamlakat fuqarolariga farzandsizligi uchun soliq joriy etmoqchi. Tushgan mablag‘ni mehribonlik uylarini modernizatsiya qilishga sarflash taklif qilingan.