Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi shaharni tark etdi. Ilon Mask Marsga millionta odam jo‘natmoqchi

🔹 Isroil armiyasi G‘azo sektori janubidagi Xon-Yunis shahrini tark etdi. Shaharda bir necha oy davom etgan janglardan so‘ng, Isroil armiyasining 98-diviziyasi “o‘z missiyasini yakunlagani” va keyingi amaliyotlarga tayyorgarlik ko‘rish” uchun G‘azo sektorini tark etgani xabar qilindi. Biroq Saxal G‘azo sektorining boshqa hududlarida o‘z kuchlarining muhim qismini saqlab turibdi.

🔹 Moskva viloyatining Noginsk tumanida noma’lum shaxslar politsiya xodimlariga hujum qilgan, oqibatda bir politsiyachi halok bo‘lgan. Politsiyachilarga hujum giyohvand moddalar sotuvchisini qo‘lga olish vaqtida sodir bo‘lgan. Keyinchalik ulardan biri qo‘lga olingan.

🔹 Toshkent vaqti bilan 20:42 da Oyning soyasi Yerga tegadi. Tutilishning maksimal bosqichi to‘rt yarim daqiqa davom etadi. Samoviy hodisa AQSh, Kanada va Meksikada aniq ko‘rinadi. Ushbu tabiat hodisasi so‘nggi 21 yil ichida Shimoliy Amerikada sodir bo‘lgan eng yirik hodisadir. 

🔹 Dekabrdan boshlab, ya’ni Amerika harbiy yordami bilan bog‘liq muammolar avjiga chiqqanda Rossiya Xarkovni bombardimon qilishni kuchaytirdi va shaharga urush boshlanganidan beri eng ko‘p ballistik raketalar uchirildi. 27 mart kungi hujum, ehtimol, burilish nuqtasi bo‘ldi - birinchi marta Ukrainaning ikkinchi shahriga qarshi samolyotdan uchirilgan va o‘nlab kilometrlarni bosib o‘tishga qodir bo‘lgan rejali bomba qo‘llanilgan.

🔹 Buyuk Britaniya va Fransiya tashqi ishlar departamentlari rahbarlari Devid Kemeron va Stefan Sejournet Ukrainani Rossiya bilan mojaroda mag‘lub bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Aks holda, bu butun G‘arb jamoasi uchun yo‘qotish hisoblanadi, deyishadi siyosatchilar.

🔹 Milliarder, SpaceX rahbari Ilon Mask SpaceX kelajagi haqidagi tasavvuri va Marsni mustamlaka qilishning taxminiy rejasi bilan o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, ulkan Starship-3 raketasi Marsni mustamlaka qilish uchun xizmat qiladi. Yangi avlod Raptor dvigateli bilan jihozlangan raketa bortida 200 tonnagacha yukni ko‘taradi. Kompaniyaga Marsni tadqiq qilish uchun taxminan 20 yil vaqt ketadi va bu vaqt ichida, bir millionga yaqin odamni qizil sayyoraga jo‘natish mumkin.

🔹 Eron ixtiyorida 9 turdagi raketa mavjud bo‘lib, ular bemalol Isroil hududiga zarba bera oladi. Ma’lumot Isroil armiyasining Damashqdagi Eron konsulligiga raketa hujumi tufayli Yaqin Sharqdagi keskinlik kuchayishi fonida paydo bo‘ldi.

🔹 Xitoy Rossiyani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirdi. Xususan, Pekin Moskvaga Ukrainaga qarshi urushda yordam berish uchun geofazoviy razvedka ma’lumotlarini taqdim etmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi keyingi harbiy integratsiya belgilari fonida Xitoy Rossiyaga harbiy maqsadlar uchun sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va tanklar uchun mikroelektronika va stanoklar taqdim etgan.

🔹 Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik vazirligi uyushgan jinoiy guruhning 5 nafar a’zosini Ozarbayjonga topshirdi. 20 mart kuni besh nafar Ozarbayjon fuqarosi shartnoma asosida jinoyat sodir etish uchun Qirg‘izistonga borgan va u yerda qo‘lga olingan. Ulardan biri muqaddam Rossiya Federatsiyasi hududida, ikkinchisi esa Ozarbayjon Respublikasida jinoyat sodir etgani uchun sudlangan.

🔹 Rossiyaning Ural va Volga bo‘yida suv toshqini bilan bu yilgidek qiyin vaziyat hech qachon bo‘lmagan. Orsk, Orenbursk, Novotritsk, Tyumen shaharlarida butun mikrorayonlar, minglab uylar suv ostida qolgan. Aholi evakuatsiya qilinmoqda.

G.Xoldorova tayyorladi.