Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Olimlar Arktikada muzning erishi tezlashayotganidan ogohlantirmoqda
🔹 Janubiy Koreya hukumatining barcha a’zolari iste’foga chiqish niyatini bildirgan. Eslatib o‘tamiz, mamlakat prezidenti Yun Sek Yol 3 dekabr kuni tunda favqulodda harbiy holat joriy etilishini e’lon qilgan va tongda bu qaror bekor bo‘lgan edi. U muxolifatni parlament nazoratida va KXDRga xayrixohlikda ayblagan.
🔹 Donald Trampning maslahatchilari ochiq va maxfiy ravishda Ukrainadagi mojaroga barham berish bo‘yicha takliflarni ilgari surmoqda. Bu g‘oyalar yaqin kelajakda Ukraina hududining bir qismini Rossiyaga o‘tkazishni nazarda tutadi. Trampning maslahatchilari Moskva va Kiyevni "kulcha va tayoq" yordamida muzokaraga majburlashga, jumladan, Kiyev muzokaraga rozi bo‘lmasa, unga harbiy yordamni to‘xtatishga yoki Rossiya prezidenti Vladimir Putin rad etsa, yordamni oshirishga harakat qiladi.
🔹 Kelgusi shanba, 7 dekabr kuni Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning iste’fosini talab qiluvchi “Makron, ket!” shiori ostidagi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tishi aytilmoqda.
🔹 Janubiy Koreyaliklar ommaviy ravishda konserva sotib olmoqda. Bu Janubiy Koreyada harbiy holat joriy qilinganidan keyin sodir bo‘ldi. Mahalliy aholi qarindoshlari bilan aloqada bo‘lish uchun mashhur ommaviy ravishda telegram yuklab olishmoqda. Seshanba oqshomida butun mamlakat bo‘ylab do‘konlarda konserva, shishalik suv, pishirilgan guruch, akkumulyator va dori-darmonlar sotuvi o‘sgan.
🔹 Afrikada gripp va COVID-19 ga o‘xshash yangi virusning tarqalishi qayd etildi: 143 kishi vafot etgan. Shifokorlar hali aniq tashxisni aniqlay olmagan.
🔹 Germaniya tashqi ishlar vaziri ayrim shartlar bilan nemis tinchlikparvar kuchlarini Ukrainaga yuborishga ruxsat berdi. Avvalroq qator G‘arb OAVlari Yevropa haqiqatdan ham ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlash uchun Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborish masalasini muhokama qilayotgani haqida yozgan edi.
🔹 Tbilisi ko‘chalarida namoyishlar davom etmoqda. 28 noyabrdan beri har oqshom namoyishlar o‘tkazilib, hukumatdan Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzlatilgan tashabbusini jonlantirish va yangi saylovlarni soxtalashtirishsiz o‘tkazishni talab qilmoqda.
🔹 Germaniya hukumati fashistlarning Zaksenxauzen konslagerining sobiq qo‘riqchisi 100 yoshli Gregor Formanekni jinoiy javobgarlikka tortmoqchi. Formanek 1943 yil iyulidan 1945 yil fevraligacha Zaksenxauzenda xizmat qilgan.
🔹 AQSh va shvetsiyalik olimlar guruhi Arktikadagi dengiz muzlari qachon butunlay erishi mumkinligini aytmoqda. Bu kutilganidan ham ertaroq kelishi mumkin. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, iqlim o‘zgarishi bilan Arktikadagi dengiz muzlari misli ko‘rilmagan darajada - har o‘n yilda 12 foizdan ko‘proq yo‘qolmoqda. Eng erta prognoz 2027 yil va boshqa to‘qqizta model Shimoliy Muz okeanining 3-6 yil ichida erishi mumkinligini ko‘rsatgan. Olimlarning aytishicha, issiqxona chiqindilarini kamaytirish muzsiz Arktikani kechiktirishi mumkin.
🔹Germaniyada maktab o‘quvchilari kechikkanligi uchun jarimaga tortila boshlandi. Bavariyadagi gimnaziya sababsiz muntazam ravishda darslarga kechikib kelganlarni 5 yevro “jazolamoqda” va bu ish bermoqda.