Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Pashinyan iste’foga chiqadi. Rossiyada yana bir portlash. Nazarboyevning jiyani aybini tan oldi

🔹 Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Bokuning Tavush anklavlariga nisbatan talablari shu qadar kuchayganki, Pashinyan vaziyatni yumshatish maqsadida iste’foga chiqishga qaror qildi. Bosh vazir aytishicha, bu qaror o‘zi va hukumati uchun najot bo‘ladi. U 10 sentyabrda muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazmoqchi.

🔹 Rossiyada Voronej "choyxonasi" portlatildi. Noma’lum shaxs tungi soat 03:00 larda oynani sindirib, binoga nimadir uloqtirgan, shundan so‘ng portlash yuz bergan.

🔹 Belgiya prokuraturasining Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenga nisbatan Amerikaning Pfizer kompaniyasidan koronavirusga qarshi vaksinalarni sotib olgani bo‘yicha jinoiy tergovi Yevropa Ittifoqi prokuraturasiga o‘tdi.

🔹 Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldiuli Ostonadagi mahkamasida jinoiy yo‘l bilan olingan pullarni "yuvish"dagi aybini to‘liq tan oldi.

🔹 Putinning farmoniga ko‘ra, joriy yilning aprelidan avgustigacha Rossiya armiyasi 150 ming chaqiriluvchi bilan to‘ldirilishi kerak. Rasmiy pozitsiya shundan iboratki, chaqiriluvchilar Ukraina bilan urushda qatnashmaydi, lekin ular shartnoma tuzib, o‘z xohishlari bilan frontga borishlari mumkin.

🔹 Oq uy rahbari Jo Bayden sobiq prezident Donald Trampni golf o‘ynashga taklif qildi. "Donald, mening golf o‘ynash taklifim hali ham o‘z kuchida", dedi u.

🔹 Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu grija operatsiyasidan omon chiqdi. Hozir davlat rahbari o‘zini yaxshi his qilmoqda, o‘ziga kela boshlagan. Amaliyot davomida Isroil bosh vaziri lavozimini vaqtincha adliya vaziri Yariv Levin egallagan.

🔹 Mirzoyan Armanistonning NATOga kirish istagini inkor etishda davom etmoqda. Vazir Armanistonning NATO bilan munosabatlariga to‘xtalib, Yerevan alyans bilan o‘zaro hamkorlik qilmoqda, biroq tashkilotga qo‘shilish rejasi yo‘q. Bu masala kun tartibida emas", dedi.

🔹 Qo‘shma Shtatlar mamlakat texnologiya sanoatini cheklash maqsadida Xitoyga sun’iy intellekt chiplari va ular uchun uskunalar yetkazib berishga yangi cheklovlar kiritdi. O‘zgartirishlar hajmi 166 sahifani egallaydi. Xususan, Xitoyga chiplar yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar noutbuklarga ham tegishli. Yangi qoidalar 4 apreldan kuchga kiradi.

🔹 Noma’lum shaxslar Liviya Milliy birlik hukumati rahbari Abdulhamid Dibeybe qarorgohiga qurolli hujum uyushtirdi. Ular dengizdan binoga qarata o‘q uzgan. Hujum paytida Abdulhamid Dibeybening o‘zi qarorgohda bo‘lgan-bo‘lmagani hozircha noma’lum.

🔹 Germaniyada muhokama bosqichida jamiyatda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan qonun kuchga kirdi. U marixuana saqlash va yetishtirishni tartibga soladi. Yangi tartibga ko‘ra, 18 yoshga to‘lgan fuqarolarga shaxsiy foydalanish uchun ko‘chada 25 grammdan ortiq bo‘lmagan nasha olib yurishga, uyda uchtadan ko‘p bo‘lmagan nasha tupini yetishtirish yoki 50 grammgacha nashaga ruxsat beriladi. Marixuana endi taqiqlangan moddalar ro‘yxatida emas. Bunga muxolifat, federal hokimiyat va ayrim tashkilotlar qarshi.

🔹 Turkiyada munitsipal saylovlarda ovoz berish yakunlandi. Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on o‘z partiyasi saylovlarda kerakli natijaga erisha olmaganini aytdi.

🔹 Suriyaning isyonchilar nazorati ostidagi Azaz shahrida avtomobilning gavjum bozorda portlashi oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘ldi, 30 kishi yaralangan.

🔹 O‘tgan tunda Isroilda keng ko‘lamli namoyishlar bo‘lib o‘tdi – Netanyaxuning iste’fosini talab qilib ko‘chalarga minglab odamlar chiqdi. Namoyishchilar Quddusdagi avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygan, politsiya mitingni suv purkagichlari bilan tarqatgan.

🔹 Yaponiya Ukrainaga 118 million dollar yordam ajratdi.

G. Xoldorova tayyorladi.