Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Putin Ukrainadagi mojaroni hal qilish takliflarini inobatga olishga tayyor. Isroil va HAMAS bitim tuzishga yaqin. Isroilda bezgakdan 11 kishi halok bo‘ldi

🔹 Isroil va Falastinning HAMAS radikal harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga yaqinga o‘xshaydi. Bu haqda CNN isroillik manbaga tayanib xabar beradi. Yahudiy davlati HAMASning so‘nggi javobi kelishuv uchun tomonlarga "batafsil muzokaralar"ni boshlash imkonini beradi, deb hisoblaydi.

🔹 Ostonada bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Putin tashkilot a’zolariga Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha takliflari uchun minnatdorchilik bildirdi va Moskva ularni inobatga olishga tayyorligini ma’lum qildi.

🔹 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinni navbatdagi “tinchlik sammiti”ga taklif qilish mumkinligini tan oldi. Ukraina prezidenti, shuningdek, Rossiya-Ukraina mojarosining "adolatli yakuni" haqida gapirdi. Uning fikricha, buning uchun AQSh va Xitoyning birgalikdagi sa’y-harakatlari kerak.

🔹 AQSh Ukraina uchun havo hujumidan mudofaa raketalarini xarid qilish uchun 2,2 milliard dollar ajratdi.

🔹 AQSh prezidenti Jo Bayden "oxirigacha" prezidentlik poygasida qolishga va’da berdi. U o‘tgan haftadagi Tramp bilan muvaffaqiyatsiz bahslardan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tgani va o‘zini yaxshi his qilayotganiga ishontirdi. AQShda prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

🔹 Shia Hizbulloh harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishni Livan-Isroil chegarasidagi vaziyatni barqarorlashtirishning yagona va majburiy sharti, deb bilmoqda. "Agar G‘azoda sulh o‘rnatilsa, biz hech qanday muhokamasiz (Isroil hududlarini o‘qqa tutishni) to‘xtatamiz", deydi rasmiylar. Livandagi “Hizbulloh” shia harakati kecha Isroil mudofaa kuchlarining ikkita shtab-kvartirasiga 100 ta raketa otgan. Eron agar Isroil Livan bilan jang qilishga qaror qilsa, Hizbulloh harakatini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytmoqda.

🔹 Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan NATO yozgi sammitida Ukrainaga alyansga a’zo bo‘lishini tezlashtiradigan aniq qadamlar taklif etilishi aytilmoqda.

🔹 Isroilda G‘arbiy Nil bezgagi tarqalishda davom etmoqda, may oyi boshidan buyon 153 nafar bemorda kasallik aniqlangan, 11 nafar bemor vafot etgani aytilmoqda. Virus asosan chivin chaqishi orqali odamga yuqadi. Kasallikning og‘ir shakli kamdan-kam hollarda rivojlanadi.

🔹 Tojikistonda belgilanmagan joyda chekkanlik jarimasi deyarli uch baravar oshirildi. Dunyoda tamaki iste’molini tahlil qiluvchi The Tobacco Atlas portaliga ko‘ra, Tojikistonda har yili 5 mingga yaqin odam chekish oqibatidan vafot etadi.

🔹 Yaponiyada olimlar yangi tish o‘stirishga yordam beruvchi preparatni ishlab chiqish orqali stomatologiyada muhim yutuq yaratishdi. Ushbu inqilobiy preparat tanaga in’yeksiya orqali kiritiladi. Taxminlarga ko‘ra, umidvor preparat 2030 yilda sotuvga chiqadi.