Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Rossiya mudofaa qo‘mitasi rahbari NATO aerodromlarini bombardimon qilish bilan tahdid qildi
🔹 Rossiya mudofaa qo‘mitasi rahbari NATO aerodromlarini bombardimon qilish bilan tahdid qildi. Unga ko‘ra, agar NATO qiruvchi samolyotlari Ukrainadan tashqaridagi jangovar missiyalarda qatnashsa ularning aerodromlari Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanadi.
🔹 Armaniston parlamenti kengashi ikki muxolifat fraksiyasi tashabbusi bilan parlamentning navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazish va unda bosh vazir Nikol Pashinyan hukumatiga ishonchsizlik votumi bildirish masalasini ko‘rib chiqish taklifini rad etdi.
🔹 Rossiya Afg‘onistondan mehnat muhojirlarini qabul qilib, ularni muayyan hududlarda ish bilan ta’minlashga rozi. Rossiya Mehnat vaziri Anton Kotyakov va boshqa Rossiya rasmiylari bilan Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida kelishuvga erishilgan. Unga ko‘ra, afg‘on muhojirlari Rossiya respublikalarida ish bilan ta’minlanadi.
🔹 Rossiya razvedka xizmatlari mart oyida Krasnogorskdagi "Krokus Siti Xoll"da sodir etilgan teraktga "Ukraina harbiy razvedkasining aloqadorligini aniqlagani"ni ma’lum qildi.
🔹 Makron o‘sib borayotgan ishonch inqirozi sharoitida iste’foga chiqish haqida jiddiy o‘ylamoqda. O‘ng qanot muxolifat bloki hozirgi siyosatdan hafsalasi pir bo‘lgan saylovchilar orasida mashhur bo‘lib, ushbu bosim ostida Makronga ishonch inqirozi va mamlakatda norozilik avj olmoqda.
🔹Malavi vitse-prezidenti Saulos Chilima samolyot halokatida vafot etdi. Samolyotda yana 9 kishi bo‘lgan.
🔹Ukraina iyul oyida Rossiya Federatsiyasining muzlatilgan aktivlaridan birinchi 1,5 milliard yevro daromadini oladi — Ursula fon der Lyayen.
🔹Norvegiya Leopard 2 tanklarini yig‘ishni boshlaydi — Mamlakat Mudofaa vazirligi.
🔹AQShning Kaliforniya shtati chegarachilari bir qancha davlatlardan kelgan noqonuniy muhojirlarni zudlik bilan deportatsiya qilish bo‘yicha buyruq oldilar — New York Post. Nashrning yozishicha, gap dunyoning 100 dan ortiq davlatlari, xususan, Rossiya, Gruziya, Moldova, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari haqida ketmoqda.